“Maʼrifat karvoni” Qashqadaryoda

Saqlash
22:22 / 05.05.2022 1098 0

Avvalroq, Toshkent shahridan “Maʼrifat karvoni” Qashqadaryo viloyatiga joʻnab ketgani haqida xabar bergan edik.


Maʼrifat karvoni Qarshi shahri, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz hamda Yakkabogʻ tumanlarida boʻldi.


Xususan, karvonning ilk manzili Yakkabogʻ tumani boʻldi. Unda pedagogika fanlari doktori, professor Oynisa Musurmonova yurtimizda nuroniy otaxon-onaxonlarga qaratilgan eʼtibor, ularning munosib hayot kechirishlari, umrguzaronlik qilishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.


Shundan soʻng esa Shahrisabz tumani Yangiqishloq MFYda tashkil etilgan davra suhbati, adabiy-musiqiy kecha mahalla ahlini xursand qildi.


Ana shunday tadbirlardan biri Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bogʻida tashkil etildi. Madaniyat va aholi dam olish uyida oʻtkazilgan konsert dasturi ham qizgʻin tashkil etildi. Unda falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova soʻzga chiqib, yoshlarga oʻzining maslahatlarini berdi. Hayot yoʻllari haqida gapirdi.

 

Qarshi shahridan soʻng karvon kechaning oʻzida Nishon tumaniga yoʻl oldi.


Shundan soʻng karvon manzili Chiroqchi tumani boʻldi. Dastlab Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov soʻzga chiqib, mamlakatimizda maʼnaviyat-maʼrifat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, oldimizda turgan vazifalar haqida toʻxtalib oʻtdi.

 

Maʼlumot uchun, ushbu karvon “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, taniqli olimlar, ziyolilar, shoir va yozuvchilar, elimiz suygan sanʼatkorlar, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlaridan iborat.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//