Jamiyat
Ma’lum bo‘lishicha, ona “xaridor”dan olgan pulga uy-joy qilib, oilasiga yordam bermoqchi bo‘lgan. Mazkur jinoyat haqida Toshkent shahri Yangihayot tuman sudi sudyasi Zavqiddin Yarashev xabar berdi.
Unga ko‘ra, ayol sudda ko‘rsatma berganida bu ishni tanishining qistovi bilan qilganini aytadi.
"Bir yigit bilan yaqin munosabatda bo‘lib, undan o‘g‘il farzand ko‘rdim. Ikki farzandim bilan Toshkentda ijarada yashab kelayotgandim. Oldimga tanishim kelib, o‘g‘lingizni birorta odamga bering, qiynalyapsiz, 3-4 ming dollar beradi, dedi. Unga javoban o‘ylab ko‘rishim kerakligini bildirdim. Ertasi kuni tanishim chaqalog‘ingni sotib oladigan odam kelyapti, bolangni ko‘rarkan, deganida, yo‘q, kerak emas, deb aytdim. Jinnilik qilma, deb gapimni bo‘ldi u. Boqishga qiynalib yuribsan-ku, uy-joy qilib olasan.Tanishimning shu gapidan keyin bolamni sotishga qaror qildim",- deydi ayol suddagi ko‘rsatmalarini davom ettirarkan.
Ma’lum bo‘lishicha, ona “xaridor”dan olgan pulga uy-joy qilib, oilasiga yordam qilmoqchi bo‘lgan.
"Xaridor ayolga “4000 AQSH dollari bersangiz, bolamni sizga beraman”, – deydi u.
"Qisqasi xaridor ayoldan kelishilgan pulni oldim. Shu payt departament xodimlari ushlashdi".
Sud ularga jazo tayinlashda ayblariga iqrorligi, qilmishlaridan chin ko‘ngildan pushaymonligi, ilgari sudlanmaganligini, ularning sodir qilingan jinoyatda ishtirokchilikdagi rolini inobatga olib, jazo tayinladi.
Sakkiz oylik chaqalog‘ini sotgan ona 3 yil 6 oy muddatga, xaridor topgan tanishi esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q