Abdulla Qahhor haqda film yaratildi

Saqlash
09:09 / 14.09.2021 976 0

 

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda atoqli yozuvchi, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni sohibi Abdulla Qahhor haqida “Haqiqat mendan ustun” hujjatli filmi suratga olindi.

Mazkur kinokartina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may kuni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida yaratilgan.

Senariy muallifi Iqbol Qo‘shshayeva, rejisyorlar Muzaffar Qoraboyev, Ilhomjon Haydarov, operator Samijon Sunnatillayev, rassom Suxrob To‘ychiyev, montajyor Husan Yusupov.

“Haqiqat mendan ustun” hujjatli filmi premyerasi adib tavalludi kuni, ya’ni 17 sentyabrda Adiblar xiyobonida bo‘lib o‘tadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish