13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasiga 5 mingjan ortiq yaqin xotin-qizlar va yoshlar jalb qilindi

Saqlash
15:24 / 13.09.2021 1369 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi matbuot markazida ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar uchun brifing bo‘lib o‘tdi. Unda okrug hududida uchastka saylov komissiyalarini tuzish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Saylov kodeksiga muvofiq, okrug saylov komissiyasi tomonidan viloyat hududida besh - o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, jumladan, rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda 1001 ta uchastka saylov komissiyasi tuzildi.



Mazkur komissiyalar tarkibiga 14613 kishi jalb etildi. Shularning 5765 nafarini xotin-qizlar tashkil qilmoqda. Komissiya a’zolarining 2328 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlardan iborat.


— Aytish kerakki, bu yilgi saylovning oldingi siyosiy jarayonlardan katta farqi bor, — dedi okrug saylov komissiyasi raisi I.Axmedov. — Eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ilk bor Saylov kodeksi asosida o‘tkazilmoqda. Qolaversa, bu saylov dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish hali to‘xtamagan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bois mazkur siyosiy jarayon saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga aloqador har bir fuqarodan o‘z ishiga ikki hissa mas’uliyat bilan, vijdonan yondashishni talab etadi. O‘ylaymizki, ular buni chuqur his qilgan holda, saylovni ochiq, adolatli, shaffof hamda yuqori tashkiliy darajada o‘tkazishga o‘z hissalarini qo‘shadilar.

13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi matbuot markazi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//