 
                   
                    Sport
Italiya A seriyasining 3-turidan o‘rin olgan "Roma" hamda "Sassuolo" jamoalari o‘rtasidagi bahs 2:1 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvning 37-daqiqasida Brayan Kristante gol urib, “Roma”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 57-daqiqada Filip Jurichich hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 74-daqiqasida Mourino Zaniolo o‘rniga hamyurtimiz Eldor Shomurodov maydonga tushdi. Eldorning zaxiradan tarkibga qo‘shilishi “Roma”ning hujumkor o‘yinini kuchaytirdi. E.Shomurodov 90-daqiqada jamoadoshi El-Shaaraviga qulay tarzda to‘p uzatdi va uni italiyalik futbol yulduzi golga aylantirdi.
Shu tariqa,"Roma" ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolar sonini 9 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamga aylandi.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Siyosat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94046
             94046
          Jamiyat
 89826
             89826
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q