Siyosat
Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-aprel kuni oʻtkazilgan yigʻilishda Farmatsevtika agentligida loyihalar bilan ishlash tizimini mutlaqo yangidan tashkil etish zarurligi aytib oʻtildi.
Qayd etilishicha, buning uchun Investitsiya vazirligidan agentlikka birinchi oʻrinbosar – Ulugʻbek Egamov tayinlangan. Unga agentlik tizimiga yangi investitsiya muhitini olib kirish shartligi koʻrsatib oʻtilgan.
Agentlik va viloyat hokimlari oldiga joriy yilning oʻzida 80 million dollarlik 34 ta loyihani ishga tushirish vazifasi qoʻyilgan. Misol uchun, joriy yilda Toshkent farmatsevtika parkida 50 million dollarlik 2 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Jami ushbu klasterda 3 yilda 280 million dollarlik 6 ta korxonani ishga tushirish koʻzda tutilgan. Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda atigi 1 tadan eng oddiy dorilarni ishlab chiqaradigan korxona mavjud boʻlsada, mazkur viloyatlar kelgusi 2 yilda bor-yoʻgʻi 2 tadan yangi loyihani amalga oshirishni reja qilgan.
Mutasaddilarga yirik xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazib, kamida 10 ta brendni jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishish topshirilgan.
Shuningdek, yigʻilishda Investitsiyalar loyiha markazi tomonidan ishlab chiqilgan 18 ta yirik istiqbolli loyiha boʻyicha investitsiyalarni jalb qilish vazifasi qoʻyilgan. Jumladan:
Andijonda onkologiya va gepatitga qarshi dorilar boʻyicha Hindiston bilan;
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yurak-qon tomir va nafas yoʻllari, yuqumli kasalliklar boʻyicha Germaniya va Turkiya bilan;
Namangan, Samarqand va Sirdaryoda tibbiy buyumlar boʻyicha Xitoy va Koreya bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Bundan tashqari, joylarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning infratuzilma bilan bogʻliq muammolari koʻrib chiqilgan. Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda kichik sanoat zonalarida infratuzilmani yaxshilashga ajratilgan mablagʻlar hisobidan 50 milliard soʻm yoʻnaltirish topshirilgan. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yangi loyihalarni moliyalashtirishga hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kreditlarga 1-mayga qadar 100 million dollar, 1-sentyabrga qadar yana 100 million dollar jalb qilish choralarini koʻradi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q