Shifokor va hamshiralar malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddati qisqartirildi

Saqlash
17:24 / 12.04.2022 5191 2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga asosan, malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddatini qisqartirgan holda, toifasiz xodimlarga 3 yil, birinchi toifa uchun – 5 yil, oliy toifa uchun – 7 yil etib belgilanmoqda.

 

Shuningdek, farmonga binoan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida, nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinik bazalarini tashkil etib, ularda shifokor va hamshiralar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash takliflari ma’qullandi.

 

Avvalroq, O‘zbekistonga keluvchi chet ellik shifokorlar uchun qator imtiyozlar berilgani haqida xabar bergan edik.

2 Izohlar

Sevara

12:01 / 01.01.1970

Men toifa ollishim kerak .urta tibbiyot xodimiman stajim bor 10 yil buldi umuman toifa olganim yuq birdan 1 toifa yoki oliy toifa olsa buladimi

Fotima

12:01 / 01.01.1970

Men toifa qanday olsam boʻladi

Izoh qoldirish

//