Shifokor va hamshiralar malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddati qisqartirildi

Saqlash
17:24 / 12.04.2022 5193 5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga asosan, malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddatini qisqartirgan holda, toifasiz xodimlarga 3 yil, birinchi toifa uchun – 5 yil, oliy toifa uchun – 7 yil etib belgilanmoqda.

 

Shuningdek, farmonga binoan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida, nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinik bazalarini tashkil etib, ularda shifokor va hamshiralar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash takliflari ma’qullandi.

 

Avvalroq, O‘zbekistonga keluvchi chet ellik shifokorlar uchun qator imtiyozlar berilgani haqida xabar bergan edik.

5 Izohlar

Dilafruz

02:12 / 04.12.2023

Menda 2toifam bor otgan yili oludm bu yil 1ga davodorman agar ota olmasam 2ham kuyadmi otish baallari necha bal

Nigora

14:10 / 05.10.2023

Men toifa olishim kerak birinchi marotaba olishim qanday olsam bo‘ladi

Guzal

07:07 / 30.07.2023

Assalomu alaykum men dekritlarim bilan 13 yillik stajim bor.Ammo haligacha toifa olmaganman.urtada bir yilu uch oylik uzulishim ham bor.Toifa qachon va nwchinchi toifa olsam buladi?

Saodat

18:07 / 23.07.2023

Assalomu alaykum mam 2014 yil aprel oyida hamshira bulib ishga kirganman 2016 yil 1 farzandimga bola parvarish tatiliga ketdim. 2018 yil aprel oyida yana ishga chiqdim 4 oy ishladim kn bola parvarish tatilimni uzgaytirib yana ketdim 2019 yil 2 farzandimga tatilga ketdim shu bilan 2022 yil iyul oyida ishga chiqdim xzda ishlayopman. Toifam yuq qachon qaysi toifani olsam buladi

Adolat

08:06 / 25.06.2023

Andijon viloyat oitsga qarshi kurash markazida 2014 yildan buyon ish yurutuvchi vazifasida ishlab kelaman 2020 yildan xamshira vazifasiga otkazildim 1 yil xamshira bolib ishlab xozirda dekret tatilidaman. Ishga qaytib toifa olishim kerak qancha ish staj kerak boladi?

Izoh qoldirish

//