Ilm-fan
Toshkent pediatriya tibbiyot institutida N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ordinaturasi uchun o‘tkazilgan tanlov g‘oliblariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziri A. Xadjibayev, “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori A. Bekmurodov, ustoz-murabbiylar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Ma’lumki, Prezidentimizning 2021 yil 1 iyuldagi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida Sog‘liqni saqlash vazirligi va “El-yurt umidi” jamg‘armasiga 2021/2022 o‘quv yilida N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetida bir guruh O‘zbekiston fuqarolarining ordinaturada ta’lim olishini tashkil etish vazifasi berilgan edi.
Natijada 174 nafar talabgordan 115 nafari N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti tomonidan tashkil etilgan tanlov (suhbat)dan muvaffaqiyatli o‘tib, test sinovlarida ishtirok etdi.
Test natijalariga ko‘ra, nomzodlardan 57 nafari 70 dan yuqori ball to‘plab, xorijiy talabalar orasida o‘tkaziladigan tanlovda qatnashish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tkazilgan tanlov yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik 37 nafar nomzod mazkur ta’lim muassasasi ordinaturasida “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi asosida bepul ta’lim olish imkonini qo‘lga kiritdi.
Kecha ushbu yoshlar 2 yillik ordinaturada tahsil olish uchun Rossiya Federasiyasiga jo‘nab ketishdi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q