Madaniyat
Sirdaryoda noqonuniy ravishda olib oʻtilayotgan XI–XIII asrlarga oid madaniy boyliklar toʻxtatib qolindi. Bu haqida viloyat bojxona boshqarmasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, “Sirdaryo” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ushbu post orqali harakatlanayotgan “Volvo” rusumli yuk mashinasi oʻrnatilgan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.
Tekshirish jarayonida mashinada I.R.ga tegishli hech qanday hujjatlari boʻlmagan 21 dona bronzaga oʻxshash qattiq jismdan turli shakllarda oʻyib yasalgan tarixiy buyum borligi aniqlangan.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tomonidan ekspertizaga taqdim qilingan 21 dona buyumda bir xil ornament (naqsh) va oʻymakorlik shakllari borligi, tosh boʻlakchalarning bir xil vaznga egaligi, ularning XI–XIII asrlarga oid noyob topilmalar hisoblanishi hamda Oʻrta Osiyo metrologiyasi uchun muhim tarixiy manba ekani toʻgʻrisida maʼlumot berilgan.
Tegishli tashkilotlarning xulosasiga koʻra jami 21 dona tarixiy buyumlarning umumiy qiymati 210 million soʻmni tashkil etadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q