Talabalar o‘rtasida lapar musobaqasi o‘tkazildi

Saqlash
20:25 / 19.03.2022 3669 0

Laparlar milliy urf-odatlarimizni tarannum etadigan o‘ziga xos san’at turidir. Bugungi kunda laparlar to‘ylarda, xalq yig‘inlarida, bayramlarda aytiladi. Xalq og‘zaki ijodining ajralmas qismi bo‘lgan lapar aytishuv kelgusi avlodni tarbiyalaydigan pedagog-o‘qituvchilar uchun juda ham muhimdir. 

 

Laparlarni ma’naviy meros sifatida asrab qolish, uni kelgusi avlodga yetkazish, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tkazilgan Navro‘z saylida lapar bo‘yicha bellashuv ham o‘tkazildi.

 

Bellashuvda talabalar jamoa bo‘lib lapar aytishdi. Lapar aytib raqsga tushganlar, savol-javob qilganlar ham bo‘ldi. Tanlov ko‘tarinki ruhda o‘tdi va talabalarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.  Lapar aytishuvni baholab borgan hakamlar hay’ati  milliy liboslarga alohida ahamiyat berishdi. 

 

1-,2-,3-o‘rinlarni olgan g‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.  Universitetda o‘tkazilgan bayram saylida lapar aytishuvdan tashqari milliy ana’analarimiz hisoblangan kelin salom, dasturxon bezatish, soch o‘rish, arqon tortish, tosh ko‘tarish kabi ko‘plab urf-odatlarga asoslangan tanlovlar  bo‘lib o‘tdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//