Madaniyat
Muttasil yogʻingarchilik tufayli Buxoro shahridagi «Talipoch qalʼa darvozasi» chap tomonidagi qalʼa devorining bir qismi qulab tushgani haqida xabar berilgan edi. Buxoro viloyat Madaniy meros boshqarmasiga koʻra, qulab tushgan qalʼa devori qismini va Talipoch darvozasini taʼmirlash uchun Turizm va maʼdaniy meros vazirligi tomonidan 1 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning mart oyida tasdiqlangan «2022-yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining Manzilli roʻyxati”ga asosan mazkur obyektni taʼmirlash-tiklash ishlari Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi», deyiladi xabarda.
Hozirda masʼul soha mutasaddilari va mutaxassislar tomonidan ushbu obyektning loyiha oldi ishlari olib borilmoqda.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112369
Jamiyat
95034
Jamiyat
91230
Jamiyat
75941
Jamiyat
//
Izoh yo‘q