Muhim xabar: Ukrainadan qaytgan talabalar oʻqishini koʻchirish 15-martdan boshlandi

Saqlash
19:41 / 15.03.2022 909 0

Ukrainadan qaytgan talabalar oʻqishini 15-martdan eʼtiboran soddalashgan tartibda koʻchirish boshlandi, deya xabar bermoqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi.

 

Qayd etilishicha, Ukrainadan qaytib oʻqishini Oʻzbekistonda davom ettirish istagi boʻlgan talabalarning hujjatlari hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda.

 

Bu jarayonda talabalar yashash hududlarida tashkil etilgan ishchi guruhlarga (ilovada) murojaat qilishlari va batafsil maʼlumot olishlari soʻraladi.

 

 

Maʼlumot oʻrnida, shu kunga qadar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Tashqi ishlar vazirliklariga ushbu masalada murojaat qilgan fuqarolarning, xususan talabalarning xorijiy taʼlim muassasalari va yashash hududlari kesimida roʻyxati shakllantirilib, hududlardagi ishchi guruhlarga yuborildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//