Oʻzbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

Saqlash
15:25 / 15.03.2022 888 0

Joriy yilning 17-20-mart kunlari yurtimiz hududiga Erondan iliq va nam havo, soʻngra Volga boʻyi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqida “Oʻzgidromet” xabar berdi.

 

17-18-martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

 

18-martda baʼzi joylarda yomgʻir qisqa muddatga qorga aylanishi mumkin.

 

17-martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi.

 

18-martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi kutiladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.

 

17-18-martda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

 

17-martda Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

18-martda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida shamol tezligi 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

19-20-martda kechalari havo harorati 0-3 daraja iliqgacha pasayadi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda havoda va tuproq yuzasida harorat 1-2 daraja sovuqgacha boʻlishi mumkin.

 

19-20-martda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida va choʻl hududlarida harorat 2-6 daraja sovuq, Qoraqalpogʻistonning shimolida baʼzi joylarda harorat 7-10 daraja sovuq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//