Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Dovudxon Gʻulomjonovga eski noutbuk berilgani va uning ichidan behayo kinolar borligi aytilgan xabarlar tarqaldi. Yoshlar ishlari agentligi direktori holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu holat zudlik bilan oʻrganilib, oʻsha vaqtning oʻzida noutbuk xarid qilingan tadbirkor bilan aloqaga chiqilgan.
«Vakillarimiz Dovudxon va taʼminotchi tadbirkor bilan bilan uchrashib, sovgʻa qilingan noutbukni tekshirib koʻrganda tadbirkor noutbukning yangi ekanini, undagi film hech qanday behayo film boʻlmaganini va noutbukning sozligini tekshirib koʻrish maqsadida film joylanganini bildirgan», — deydi agentlik direktori.
Qayd etilishicha, Dovudxon ushbu noutbukni eski va behayo film joylashtirilgan deb oʻylab, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
«Vakillarimiz Dovudxonga berilgan noutbukni boshqa bir yangi noutbukka almashtirib berdi. Ijtimoiy tarmoq faollaridan bunday murojaatlarni avval Yoshlar ishlari agentligiga joʻnatib, vaziyatga aniqlik kiritganlaridan soʻng tarqatishlarini soʻraymiz!» — deya qoʻshimcha qilgan agentlik direktori.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112041
Jamiyat
94729
Jamiyat
90741
Jamiyat
75550
Jamiyat
//
Izoh yo‘q