Jamiyat
Zomin tumani hududida KIA va Nexia 2 mashinalari oʻzaro toʻqnashuvi oqibatida 8 kishi halok boʻldi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, hodisa 2022-yil 13-mart kuni soat 14:50 larda davlat ahamiyatiga ega boʻlgan 4R-40 Dashtobod-Zomin-Gʻallaorol avtomobil yoʻlining Zomin tumani Dashtobod shahri hududidan oʻtuvchi 2-kilometrida sodir boʻlgan.
KIA rusumli mashina harakatlanib kelib Nexia 2 mashinasi bilan toʻqnashgan. Oqibatda 2 kishi voqea joyida, 6 kishi shifoxonaga yetkazilgandan soʻng koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
KIA mashinasi haydovchisi I.A. tan jarohatlari bilan Zomin tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q