Jamiyat
2022-yil 16-martdan Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida ikki tomonlama muntazam xalqaro avtobus yoʻnalishlarida qatnovlar qayta tiklanadi. Bu haqida Transport vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Shuningdek, Qozogʻiston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiyasi va Qirgʻiziston Respublikasiga tranzit avtobus tashuvlarini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi xalqaro avtobus qatnovlari koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yil 16-mart kuni toʻxtatilgan edi.
2022-yil 16-martdan tashuvchilar tomonidan Toshkent – Nursulton, Toshkent – Olmaota, Toshkent – Qiziloʻrda, Toshkent – Turkiston, Toshkent – Irgeli, Chirchiq – Chimkent, Chirchiq – Olmaota yoʻnalishlarida qatnovlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q