Kimlardan xorijga chiqish pasporti berganlik uchun davlat boji undirilmaydi?

Saqlash
23:44 / 14.03.2022 812 0

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

 

Qonun bilan biometrik pasport oʻrniga ID-kartalari joriy etilayotganligi sababli ayrim Kodekslar va qonunlarga ID-karta tushunchasi kiritildi.

 

Shuningdek, ID-kartalarni, xorijga chiqish biometrik pasportini yoʻqotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun javobgarlik belgilandi.

 

Oila kodeksida bolalarning tugʻilishini qayd etish ota-onasining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida 1 oy ichida amalga oshirilishi belgilandi.

 

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilishiga oid norma chiqarib tashlandi.

 

Yer davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda fuqarolarga uning oʻrniga berilayotgan uy-joy avvalgi uy-joyidan qimmatroq boʻlsa, farq qilgan qiymat fuqarolar tomonidan qaytarib berilmaydi.

 

Ilgari 5 yilda qaytarilishi lozim edi.

 

Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.

 

ID-karta berganlik uchun BHMning 89 foizi miqdorida boj undiriladi, xorijga chiqish uchun biometrik pasportni berganlik uchun esa BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi (ilgari BHMning 1,2 baravari edi).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//