Oʻzbekistonda ertaga ham yomgʻir yogʻadimi?

Saqlash
23:34 / 14.03.2022 1960 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi 15-mart, seshanba kungi ob-havo maʼlumotini maʼlum qildi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-8, kunduzi 9-11 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, momaqaldiroq paytida bu kuchayish sekundiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 7-12 daraja iliq; Navoiy viloyatining choʻl hududlarida kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, momaqaldiroq paytida bu kuchayish sekundiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, momaqaldiroq paytida bu kuchayish sekundiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikamizning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir, qor yogʻadi), momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//