Navroʻz munosabati bilan ichki sayohatlarga katta chegirmalar eʼlon qilindi (roʻyxat)

Saqlash
22:37 / 14.03.2022 884 0

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Navroʻz bayrami munosabati bilan 2022-yil 19-20-21-22-23-mart kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yoʻnalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika boʻylab quyidagi chegirmalar joriy qilindi.

 

“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Respublika aholisi uchun ichki respublikalararo qatnovlarga barcha turdagi tariflarga 50 foiz chegirma joriy qilindi.

 

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlari uchun:

 

- nafaqaxoʻrlar, nogironlar, 1941-1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun – 50 foiz;

 

- oliy oʻquv yurtlari talabalari, maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ va DBX maxsus taʼlim muassasalari talabalari uchun – 15 foiz;

 

- oilalarga (ikki va undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, er yoki rafiqasi va 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) uchun – 15 foiz;

 

- kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun – 15 foiz;

 

- “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilar uchun - 10 foiz chegirmalar joriy qilindi.

 

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan ziyoratgohlariga kattalar uchun 20 foiz hamda yoshlar uchun 50 foiz chegirmalar beriladi.

 

Shuningdek, respublika boʻylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari tomonidan beriladigan (ixtiyoriy) chegirmalar ham eʼlon qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//