«Ватанга ва халққа садоқат билан хизмат қилиш – олий бурчимиз!» мавзусида семинар ташкил этилди

Saqlash
22:18 / 14.03.2022 1049 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda hamkor tashkilotlar masʼullari, olimlar, ichki ishlar organlari xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Hududiy boshqarma va boʻlimlarning xodimlar ZOOM dasturi orqali onlayn qatnashdi.

 

 

 

Seminarda Yangi Oʻzbekiston strategiyasi, globallashuv sharoitida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari, bu borada xalqimiz maʼnaviy merosining oʻrni xususida maʼruzalar tinglandi.

 

 

Ularda qonun ustuvorligi hamda shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash har bir ichki ishlar organlari xodimlarining masʼuliyatli va sharafli faoliyatlaridan biri ekani aytib oʻtildi.

 

Shuningdek, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi taʼlim-tarbiya ishlariga fuqarolarni, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini singdirish ham eng muhim vazifalardan biri ekani alohida taʼkidlandi.

 

 

Seminar davomida Vatan himoyasi, burch va sadoqatni oʻzida mujassam etgan videorolik namoyish etildi. Hamkor tashkilotlar masʼullari bu boradagi hali qilinishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirib oʻtishdi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//