“Temir daftar”ga kiritilgan ayollar uchun “Ilk parvozim” ijtimoiy loyihasi boshlandi

Saqlash
16:50 / 14.03.2022 969 0

Uzbekistan Airways “Temir daftar”ga kiritilgan ayollar uchun “Ilk parvozim” ijtimoiy loyihasi doirasida ijtimoiy aviaparvozlarni tashkillashtirishni boshladi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

 

Ijtimoiy parvozlar Samarqand, Buxoro, Urganch kabi shaharlarga hamda Oʻzbekistonning boshqa diqqatga sazovor joylari boʻylab amalga oshiriladi.

 

“Loyihaning asosiy maqsadi — «Temir daftar”ga kiritilgan ayollar orzularini roʻyobga chiqarish. Loyiha ayollarga bir oz boʻlsada hayotning kundalik muammolarini unutish va oʻz orzularini roʻyobga chiqarish uchun vaqt ajratish imkonini beradi», — deyiladi xabarda. Tanlab olinganlarning barchasi shu vaqtgacha samolyotda uchmaganini va parvoz qilishni juda orzu qilishini aytgan.

 

 

“3 farzandim bor. Xoʻjayinim oʻtib ketgan. Uy-joy, bola-chaqa, sharoitimizni deb koʻchaga chiqmaganman. Samolyotda uchmaganman. Uchishni juda ozu qilaman. Negaki, osmonlarni koʻrasiz, hamma narsani unutasiz deb oʻylayman. Osmonga chiqish bir pas boʻlsa ham odamga ruh bagʻishlaydi. Har safar koʻrganimda shu samolyotga chiqqim keladi”, — deydi Qunduz Usmonova.

 

 

Ayollardan yana biri shunday deydi: “Samolyotda uchishni orzu qilaman har doim. Osmondan (samolyot) oʻtsa: „Ana, samolyot, vertolyot. Bizni olib ketinglar”, deymiz. Qayerga ketishimizni bilmaymiz, lekin uchishni orzu qilamiz».

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//