Jamiyat
Buxoroda bir necha yildan buyon buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan aziyat chekib kelgan 31 yoshli bemorga otasi donorlik qildi.
Taʼkidlanishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida ilk bor buyrak transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.
“Tashxis terminal bosqichga oʻtgani sababli bemorni hayotga qaytarishning yagona usuli — bu buyrakni koʻchirib oʻtkazish amaliyoti hisoblanadi. Bemorga 62 yoshli otasi donor boʻldi. Donor uch oy davomida chuqur tekshirishlardan oʻtkazilgach, retsipiyentga buyrak transplantatsiyasi amaliyoti tavsiya qilindi. Poytaxtdan ham bir guruh transplantolog mutaxassislar taklif etildi”, deydi filial direktori Tohir Musoyev.
Aytilishicha, koʻchirilgan buyrak dastlabki soatlarda oʻz faoliyatini kutilganidan ham qoniqarli boshlagan.
“Bemor ota va bolaning ahvoli ayni damda juda yaxshi. Birinchi buyrak transplantatsiyasi amaliyoti boʻlgani uchunmi, yashirmayman, yuragimda ishonch bilan birga qoʻrquv ham boʻldi. Eng kichik nuqtada ham adashishga haqqim yoʻq. Sakkiz soat davom etgan amaliyot muvaffaqiyatli oʻtdi. Operatsiyadan soʻng ochiq havoga chiqdim. Hoʻngrab yigʻlab yubordim. Ota-bola hayoti saqlab qolingandan Allohga shukurlar keltirdim”, deydi Tohir Musoyev.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112411
Jamiyat
95072
Jamiyat
91286
Jamiyat
75982
Jamiyat
//
Izoh yo‘q