Jamiyat
Taniqli immunolog, asli samarqandlik Xaitov Rahim Musayevich 78 yoshida Moskvada vafot etdi.
Rahim Musayevich 1944-yil 6-yanvarda Samarqand shahrida tugʻilgan, Rossiya Fanlar akademiyasi, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor. Rossiya Immunologiya instituti direktori.
1967-yilda I.P.Pavlov nomidagi Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan, 1972-yilda u nurlangan retsipiyentlarga gematopoyetik toʻqimalarni transplantatsiya qilish bilan bogʻliq muammolar boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va Sovet Ittifoqining eng yosh tibbiyot fanlari doktori boʻlgan.
Xaitov Raxim Musayevich Rossiya allergologlar va klinik immunologlar uyushmasi prezidenti, JSST immunologiya boʻyicha eksperti edi.
U OIVga qarshi rus vaksinasining ishlab chiquvchilaridan biri sifatida tanilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q