“Adabiy meros” ilmiy elektron jurnali chop etildi

Saqlash
20:09 / 02.09.2021 1961 0

 Yurtimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi tomonidan "Adabiy meros" nomli ilmiy elektron jurnal chop etildi.

U folklorshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik va manbashunoslik ilmida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ilmiy nashrlardan hisoblanadi. Jurnalda olimlarning eng yangi ilmiy asarlar haqida tanqidiy, bibliografik xarakterdagi maqolalari berib boriladi.

Birinchi sonda "Qadimiy bitiklar", "Navoiy abadiyati", "Manbashunoslik va matnshunoslik", "Jadid adabiyoti", "Tilshunoslik", "Oltin beshik" kabi ruknlar bo‘lib, yangiliklarga boy va ilmiy jihatdan muhim hisoblangan dolzarb maqolalar o‘rin olgan. 

Shuningdek, AQSH, Germaniya, Turkiya, Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon kabi xorij mamlakatlari olimlarining maqolalari ham o‘rin olgan. Jurnal lotin alifbosida chop etilgan. Yangi sonda Ibrohim Haqqul, Naim Karimov, Bahodir Karim kabi adabiyotshunoslarning maqolalarini o‘qishingiz mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//