Madaniyat
Bugun, 7-mart kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Ayolga ehtirom” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash, faol ijodkorlarga uyushmaning a’zolik guvohnomalarini topshirish marosimi va mushoira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Yozuvchilar uyushmasi hay’at a’zolari jami 68 nafar muallifning tanlovga kelib tushgan 124 ta asarini ko‘rib chiqdi. Hayotimiz quvonchi, oilalarimiz ko‘rki bo‘lgan moʻtabar ona siymosi yuksak darajada tarannum etilgan, bugun jamiyatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar va bunyodkorlik ishlarida fidoyilik ko‘rsatib, salmoqli natijalarga erishayotgan xotin-qizlarga bag‘ishlangan she’riy, nasriy hamda badiiy-publisistik asarlar saralanib, xolisona baholandi.
“Ayolga ehtirom” tanlovining 1-, 2-, 3-darajali hamda rag‘batlantiruvchi o‘rinlariga Yozuvchilar uyushmasining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, ushbu tadbirda 14 nafar faol ijodkorga, jumladan, Oyina.uz muxbiri Feruza Xayrullayevaga ham Yozuvchilar uyushmasining a’zolik guvohnomasi topshirildi.
“Ayolga ehtirom” respublika tanlovi g‘oliblari ro‘yxati:
1-o‘rin
1. Mahmud Toir – “Men oftobga alishmagan ayollar” she’riy to‘plami uchun.
2-o‘rin:
1. Gavhar Ibodullayeva – “Ayol – moʻjiza yoxud Vatanning boshlanishi” nomli kitobi
uchun.
2. Guljahon Mardonova – “Quyoshim-enam” kitobi uchun.
3-o‘rin:
1. Zarifa Eraliyeva – “Quyoshingni asra, osmon” hujjatli essesi uchun.
2. Muhabbat Yo‘ldosheva – “Qaynona” hikoyalar to‘plami uchun.
3. Rivoj O‘tarboyev – “Ulug‘lar ichida ulug‘san ayol” she’riy turkumi uchun.
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:
1. Yulduz O‘rmonova – “Maktublar” she’riy turkumi uchun.
2. Go‘zal Oxunova – matbuotda e’lon qilingan nasriy va publisistik asarlari uchun.
3. Mo‘tabar Boymatova – “Nodirai davron” she’riy dramasi uchun.
Tadbir mushoira bilan davom etdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q