Siyosat
Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida oʻzining talabalik yillarini yodga oldi. Bu haqida “Menimcha” koʻrsatuvida maʼlum qilindi.
“Men oʻzim talaba boʻlganimda ikkita joyda ishlaganman. Bizda harbiy kafedra bor edi va nasoslarni «regulirovka” qilish boʻyicha. Hozirgacha esimdan chiqmaydi, ikkita joyda yaxshi oylik olar edim. 56 soʻm bitta kafedradan, 42 soʻm bitta kafedradan», dedi Prezident.
Prezident asosiy masʼuliyat rektorlar zimmasida ekanini taʼkidladi.
“Rektor boʻlish uchun qanday intellekt kerak, rektor boʻlish uchun oʻsha domlalardan sifat nuqtayi nazaridan biliming oʻn karra baland boʻlishi kerak. Turishing, yurishing… Men bugungi majlisni yopmayman, bu davomiy majlis boʻladi. Menga hisobot berish uchun emas, vijdonlaringni oldida, xalqimizning oldida hisobot berishni oʻrganinglar. Men har kvartalda bir marta sizlar bilan, albatta, uchrashaman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q