Prezident 8 Mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi (roʻyxat)

Saqlash
23:03 / 05.03.2022 991 0

8 Mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentinin farmoni

 

Mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash, xususan, moʻtabar ayol zotiga har tomonlama eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirish, shuningdek, oʻzining samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yoʻlida tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotgan, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qoʻshayotgan xotin-qizlarimizni munosib qadrlash maqsadida quyidagilar mukofotlansin:

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

 

Roʻziyeva Nasiba Jumayevna - Uchquduq tumanidagi 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Navoiy viloyati

Xolmanova Zulxumor Turdiyevna - Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining til nazariyasi kafedrasi mudiri


“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

 

Adilova Matob Djabborovna - Kogon tumanidagi “Banoaz tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Buxoro viloyati

Aitbayeva Ruzibika Amatovna - Beruniy tumanidagi “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Gulamova Dilbara Djurayevna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Materialshunoslik instituti laboratoriya mudiri

Davletova Nazira Xudayberganovna - Bogʻot tumanidagi “Madaniyat” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Xorazm viloyati

Isakova Muxayo Srajidinovna Karabayeva - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti bosh ilmiy xodimi

Oltinoy Ermuxammedovna - “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining sex operatori, Toshkent viloyati

Narzullayeva Adinaxon - Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti

Noriyeva Sharofat Ergashevna - Sharof Rashidov tumanidagi “Gulchi opa tomorqa xizmati” klasteri rahbari, Jizzax viloyati

Raximova Azizaxon Iminjanovna - Uchqoʻrgʻon tumanidagi “Iminjon Muharram Bonu” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Namangan viloyati

Turdaliyeva Farida Ismatovna - Sardoba tumanidagi “Sardoba agro pilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatining pillachi-inkubisti, Sirdaryo viloyati

Tursunova Bashorat Xujanovna - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Shimoliy kon boshqarmasi kran mashinisti, Navoiy viloyati

Tursunova Dilshat Irismaxmetovna - Yangihayot tumanidagi “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini faoli, Toshkent shahri

Umurzakova Mexriniso - Bulungʻur tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Samarqand viloyati

Xasanova Saidbibi Nematovna - Yangihayot tumanidagi “Orchid Beauty” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri

Shamiyeva Dilfuza Xolmurodovna - Muborak gazni qayta ishlash zavodining eksperimental taʼmirlash-mexanika sexi texnologik qurilmalar operatori, Qashqadaryo viloyati


“Doʻstlik” ordeni bilan

 

Abduraxmonova Zinnatxon Oʻrinboyevna - Asaka tumanidagi “Asaka city tex” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Andijon viloyati

Alimova Gavxar Zayirovna - Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi, Samarqand viloyati

Alimova Muborakxon Shomuratovna - Shahrixon tumanidagi “Qaynonalar” jamoatchilik kengashi rahbari, Andijon viloyati

Annamuratova Muxabbat Shermanovna - Beruniy tumanidagi “Beruniy agro pillasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Arutunyans Irina Vladimirovna - Namangan shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Namangan viloyati

Belik Golnur Usmanovna - “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining parvozlar xavfsizligi va maʼlumotlarini tahlil qilish boʻyicha mutaxassisi

Boboyorova Feruza Fayziyevna - Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi

Dementeyenko Lyudmila Ivanovna - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining “Regionalgeologiya” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi

Djurayeva Gulchehra Sadikovna - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira

Jumayeva Svetlana Petrovna - Muzrabot tumanidagi 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Jurayeva Ozoda Abduraximovna - Navoiy shahridagi “Humo Zilola barhayot” professional boshqaruv kompaniyasi rahbari, Navoiy viloyati

Qoʻchqorova Lobar Ibodullayevna - Yangiariq tumanidagi 28-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Xorazm viloyati

Nurmatova Mukaram Axmedovna - Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi boshligʻi

Payziyeva Guzal Revavna - Oʻzbekiston davlat drama teatri drama artisti

Ruzayeva Xursheda Radjabovna - “Hunarmand” uyushmasi Buxoro tumani boʻlimi aʼzosi, zardoʻz, Buxoro viloyati

Sattorova Muxayoxon Jiyanovna - Rishton tumanidagi “MM Porcelain” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Fargʻona viloyati

Usmanova Nargiza Saidovna - Toshkent tumanidagi “Bahoriy gullar” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Xalimova Mastura Urunbayevna - Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining innovatsion loyiha rahbari

Xlebnikova Tamara Vladimirovna - Chilonzor tumanidagi 14-madaniyat markazining “Faxriya” xor jamoasi rahbari, Toshkent shahri

Shamsiyeva Norbuvi Soliyevna - Jizzax shahridagi “Olmazor” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Jizzax viloyati

Ergasheva Dilorom - “Mashrab” nashriyoti bosh muharriri, Namangan viloyati

Yusupova Dilnovoz Raxmonovna - Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining oʻzbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi professori

 

I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

 

Shodiyeva Raʼno Odilovna - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi direktori

 

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

 

Babanazarova Maʼrifat Turdiyevna - Shoʻrchi tumanidagi 13-maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri, Surxondaryo viloyati

Gladkova Tatyana Sergeyevna - Samarqand olimpiya zaxiralari kollejining yengil atletika boʻyicha bosh murabbiysi, Samarqand viloyati

IsmailovaZulfiya - “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasining Xonqa tumani tayanch punkti direktori, Xorazm viloyati

Kushayeva Mavluda Yusupovna - Paxtakor tumanidagi 13-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Jizzax viloyati

Muratova Toygul Kucherovna - Mirzaobod tumanidagi “Kelajagi barkamol avlod bolalari” oilaviy bolalar uyi rahbari, Sirdaryo viloyati

Nosirova Muazzamxon Urmonbekovna - Andijon shahridagi Bolalar shaharchasi direktori, Andijon viloyati

Obidova Shaxlo Valiyevna - Kitob tumanidagi 2-oilaviy bolalar uyi tarbiyachisi, Qashqadaryo viloyati

Sayfullayeva Saida Ibadovna - “Buxoroi Sharif” jamoat fondi boshqaruvi raisi, Buxoro viloyati

Xalikova Dilfuza Anvarovna - Nurafshon shahridagi “Shirin mehrim” oilaviy bolalar uyi rahbari, Toshkent viloyati

Xamrayeva Zulfiya Djavlanovna - Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri direktori

Hamroyeva Mahfuza Islomovna - Navoiy viloyati “Ona va bola skriningi” markazi direktori

 

I darajali “Salomatlik” ordeni bilan

 

Tadjibayeva Yulduz - Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining onkologiya kafedrasi professori

 

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

 

Raxmankulova Nargiza Sattarovna - Respublika maxsus 2-Zangiota shifoxonasining 2-reanimatsiya boʻlimi katta hamshirasi

Yuldasheva Muxabbat Ravshanovna - Qarshi tumanidagi “Trast Med Farm” xususiy korxonasi boshqaruvchisi, Qashqadaryo viloyati

Yuldasheva Saida Anvarovna - Toshkent shahridagi 1-bolalar klinik shifoxonasining anesteziologiya va reanimatsiya boʻlimi mudiri

 

“Sogʻlom turmush” medali bilan

 

Axmadaliyeva Gulchexra Ismatullayevna - Namangan tumani tibbiyot birlashmasining bolalar boʻlimi katta hamshirasi, Namangan viloyati

Jaksimuratova Aysultan Jumambetovna - Qonlikoʻl tumanidagi 19-bolalar musiqa va sanʼat maktabining qoʻshiqchilik boʻlimi oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Kurbanova Diloramxon Ibragimdjon qizi - Andijon davlat tibbiyot institutining farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalari kafedrasi mudiri

Miltikbayeva Nasiba Kenesovna - Romitan tumanidagi “Qizil Ravot” qishloq vrachlik punkti mudiri, Buxoro viloyati

Muminova Firuza Turakulovna - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Saparova Raʼno Djangabayevna - Qoraoʻzak tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi katta hamshirasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Safarova Gulmira Karimovna - Ishtixon tumanidagi “Moxpar” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Samarqand viloyati

Sodiqova Feruza Xakimovna - Fargʻona shahridagi Ayollar sport-sogʻlomlashtirish markazi direktori, Fargʻona viloyati

Xamdamova Baxora Maratovna - Navoiy viloyati gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori

Xasanova Aymenli Xemrayevna - Sharof Rashidov tumanidagi yogʻoch oʻymakorligi boʻyicha hunarmand, Jizzax viloyati

Yusupova Saboxat Rashidovna - Oltinsoy tumani bolalar va oʻsmirlar sport maktabining badiiy gimnastika boʻyicha murabbiysi, Surxondaryo viloyati

 

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

 

Abdurazakova Sanobar Erminjonovna - Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boʻlim boshligʻi

Jamalova Baxargul Oralbayevna - Moʻynoq tumani mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Joʻrabekova Oydin Dustovna - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sariosiyo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, Surxondaryo viloyati

Imomova Dilorom Neʼmatovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

Madaminova Feruza Vaxidovna - Mirobod tumani hokimining oʻrinbosari – mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi, Toshkent shahri

Mexmonova Dilorom Dadajonovna - “Tadbirkor ayol” uyushmasining Fargʻona viloyati boʻlimi raisi

Mirzadjanova Dilshoda Muxtarovna - Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boshqarmasi boshligʻi

Orziyeva Mavluda Abdinazarovna - Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi katta psixologi

Radjabova Shoira Nurmatovna - Angor tumani hokimining oʻrinbosari – mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi, Surxondaryo viloyati

Suyunova Umida Xurozovna - Samarqand shahridagi 59-koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Turdaliyeva Dina Kenesovna - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi

Tursunova Maxmuda Ibraximxadjayevna - “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Oʻzbekiston” lokomotiv deposi texnigi, Toshkent viloyati

Umarova Yoqutxon Xakimovna - Uychi tumani prokuraturasi katta noziri, Namangan viloyati

Usmanova Dilshoda Nabiyevna - Dangʻara tumanidagi “Ayubxon tekstil” xususiy korxonasi rahbari, Fargʻona viloyati

Xasanova Firyuza Marifovna - Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri

Xujanazarova Nodira Isomiddinovna - Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasining boʻlim katta inspektori, Navoiy viloyati

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

 

Abdullayeva Goʻzal Ravshan qizi - Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri xor artisti

Bahronova Durdona Salim qizi - Amerika Qoʻshma Shtatlari “Super dispatch” kompaniyasining Toshkent shahridagi dasturchisi

Ni Kristina Aleksandrovna - Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti

Nurillayeva Nurxon Botir qizi - “Uzbekistan GTL” masʼuliyati cheklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi laboranti, Qashqadaryo viloyati

Palvonova Sevara Baxromovna - “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki” direksiyasining startap loyihalar menejeri, Xorazm viloyati

Raxmankulova Goʻzal Axmat qizi - Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Yangihayot tumani boʻlimining “Iqbol” mahalla fuqarolar yigʻinidagi yoshlar yetakchisi, Toshkent shahri

Xoliqova Tursunoy Ibrogim qizi - Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Kasbi tumani boʻlimining “Jizza” mahalla fuqarolar yigʻinidagi yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati

 

“Shuhrat” medali bilan

 

Abdullayeva Shaxnoza Kudratovna - Toshkent shahridagi “Shox Med Center” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori

Abduraimova Nilufar Irisboyevna - Gʻallaorol tumanidagi “Sohibqiron darvozasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Abidjanova Feruza Abdullayevna - Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi

Abilova Gulsin Baymanovna - Koson tumanidagi “Koson agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qashqadaryo viloyati

Amanova Maxfurat Eshmuradovna - Toshkent davlat agrar universitetining meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi professori

Artikova Hafiza Tuymurodovna - Buxoro davlat universitetining agronomiya va biotexnologiya fakulteti dekani, Buxoro viloyati

Axmedova Djamilya Abduraxmanovna - Uchqoʻrgʻon tumani obodonlashtirish boshqarmasi koʻkalamzorlashtiruvchisi, Namangan viloyati

Baltabayeva Nursulu Koshkinbayevna - Nukus shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Begmatova Nargiza Saibjon qizi - Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti

Vallayeva Dilafruz Rustamovna - Termiz tumanidagi “Ostona gilamchi” oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati

Valter Irina Buranovna - “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi yetakchi sahna ustasi

Gʻaniyeva Shaxnoza Maʼmirovna - Fargʻona shahridagi “Ibratli bekam” oʻquv markazi rahbari, Fargʻona viloyati

Davletyarova Zulfiya Japakovna - Qoʻngʻirot tumanidagi “Diyor market Kungrad” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Dauletnazarova Raya Kurbanbayevna - “Uz-Kor Gas Chemical” qoʻshma korxonasining sex muhandis-metrologi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Djumaniyazova Feruza Djumanazarovna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi

Joʻrayeva Zamiraxon Pozilovna - Andijon shahridagi “Oʻz-Tong Hong kompani” qoʻshma korxonasining tikuv sexi katta ustasi, Andijon viloyati

Ziyatova Shaxlo Bekqulovna - Nurota tumanidagi “Nurota qorakoʻl naslchilik” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh choʻponi, Navoiy viloyati

Isayeva Gulbaxor Tishabayevna - Termiz shahridagi “Komfort Sherxon servis” professional boshqaruv kompaniyasi rahbari, Surxondaryo viloyati

Isamuxamedova Gulnora Lutpullayevna - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining inspektori

Ishanxanova Nigora Nasirovna - Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ijtimoiy sugʻurta boʻlimi mudiri

Kaziyeva Sadokat Sarvarovna - Toshkent shahridagi “Fastechnika” masʼuliyati cheklangan jamiyatining dizayn boʻlimi boshligʻi

Kamilova Xilola Akramdjanovna - Fargʻona viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha yordamchisi, bosh otinoyisi

Kamolova Muharram Komil qizi - Jondor tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Karabekova Buvsara Razakovna - Zarbdor tumanidagi “Fidokor Firdavs” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Jizzax viloyati

Qoriyeva Raʼnoxon Faxriddinovna - Uychi tumanidagi “Barnogul-Ziyo Fayz” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Namangan viloyati

Leviskaya Yuliya Vladimirovna - Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi ilmiy kotibi

Mardonova Guljaxon Amonovna - Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining ilm-fan va innovatsiyalar boʻlimi mudiri

Masalimova Nayllya Mansurovna - Parkent tumanidagi “Med Torg Invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Matmuratova Muqaddas Karimovna - Gurlan tumani telekommunikatsiya bogʻlamasi boshligʻi, Xorazm viloyati

Maxkamova Nigora Madaminjonovna - Sirdaryo tumanidagi “Peng Sheng Shoes” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish sexi brigada boshligʻi, Sirdaryo viloyati

Mirzayeva Gulshan Baxtiyorovna - “Tadbirkor ayol” uyushmasining Nurobod tumani boʻlimi raisi, Samarqand viloyati

Nasirdinova Nodiraxon Abdugapparovna - Andijon shahridagi “Palma Sitrus” oilaviy korxonasi rahbari, Andijon viloyati

Nasridinova Maxmuda Baxriddinovna - Namangan shahridagi “Chamanzor” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Namangan viloyati

Olimova Rano Yuldashvayevna - “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining “Yoshlik-1” koni direksiya yetakchi muhandisi, Toshkent viloyati

Omar-Mun Yasmina Xalidovna - Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti talabasi

Otamuratova Nadira Kamiljanovna - “Hunarmand” uyushmasining Urganch tumani boʻlimi aʼzosi, zardoʻz, Xorazm viloyati

Roziyeva Xosiyat Allayevna - Mirishkor tumanidagi koʻzi ojizlar kutubxonasi mudiri, Qashqadaryo viloyati

Sultanova Dilobar Xolmurodovna - Shahrisabz tumanidagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi tozalik bekasi, Qashqadaryo viloyati

Teshaboyeva Barnoxon Xurboyevna - “Hunarmand” uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi aʼzosi, savat toʻquvchi

Tursunova Sanobarxon Ergashevna - Qoʻshtepa tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Fargʻona viloyati

Usmonova Dilnoza Xamrakulovna - Boyovut tumanidagi “Guliston limon eksport” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati

Fayziyeva Dilorom Nuridinovna - Buxoro shahridagi “Fayz qurilish mollari” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Buxoro viloyati

Farmonova Nafisa Shukurovna - Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli artist-maqomchisi

Fozilova Gulnora Yashinovna - Sirdaryo tumanidagi “Temur Med Farm” masʼuliyati cheklangan jamiyati mikrobiologi, Sirdaryo viloyati

Xabirova Dilshora Alimovna - Olmazor tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Toshkent shahri

Xayitova Feruza Turdibayevna - Quyi Chirchiq tumanidagi “Quyi Chirchiq Agro Biznes” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Xakimova Sabina Muratovna - Tayloq tumanidagi “Tohirbek sifat savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati

Xamdamova Dilafruz Baratullayevna - Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi direktori, Jizzax viloyati

Xashimova Mukaddasxon Adxamjanovna - “Hunarmand” yyushmasining Margʻilon shahar boʻlimi aʼzosi, doʻppidoʻz, Fargʻona viloyati

Xolova Maksuda Asatovna - Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Temur musaffo qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh muhandisi, Samarqand viloyati

Xudaykulova Farogʻat Musurmonovna - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy targʻibot va tadbirlarni uyushtirish boʻlimi boshligʻi

Sharipova Gulnora Tadjibayevna - Sergeli tumani obodonlashtirish boshqarmasining sanitar tozalash boʻlimi brigada boshligʻi, Toshkent shahri

Ergasheva Matluba Qodirovna - Pop tumanidagi “Papfen” xorijiy korxonasining ip yigiruv va oʻrash boʻlimi ip yigiruvchisi, Namangan viloyati

Yunusova Gulnora Abdumutalibovna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston 24” telekanali Prezident “POOL” xizmati muxbirlar guruhi katta muharriri

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti    Sh.MIRZIYOYEV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish