Madaniyat
Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi “Bunyodkor” mahallasida davlat arbobi va mutafakkir Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Yodgorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq shahar markazida oʻrnatildi. Uning balandligi 4,3 metr boʻlib, unga tutash hududda Energetiklar muzeyi, Vatanparvar maydoni, Yoshlar xiyoboni joylashgan. Bu yerda, shuningdek, ikkita ixcham kutubxona ham qurib bitkazilgan. Kutubxonalarda mingdan ziyod kitoblar jamlanmasi mavjud.
Yodgorlikning ikki yon tomonida 3×2 metr oʻlchamdagi ikkita monitor oʻrnatilgan. Ularda Navoiy hayoti va ijodiga oid tarixiy maʼlumotlar, videofilmlar namoyish qilib boriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112185
Jamiyat
94870
Jamiyat
90945
Jamiyat
75724
Jamiyat
//
Izoh yo‘q