XTV yangi tanlov eʼlon qildi. 1-oʻrinda 500 mln beriladi

Saqlash
20:29 / 04.03.2022 938 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanloviga start berildi. Bu haqida Xalq taʼlim vazirligi maʼlum qildi.

 

Xalq taʼlimi vazirligi va Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi tomonidan tanlovning tuman bosqichi joriy yilning 4-mart kuni boshlanib, unda 40 325 ming oʻquvchi ishtirok etdi.

 

Mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi gʻoliblari 1-oʻrin uchun – 100 million soʻm, 2-oʻrin uchun – 75 million soʻm, 3-oʻrin uchun – 50 million soʻm miqdorida;

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (viloyat) bosqichi gʻoliblari 1-oʻrin uchun – 250 million soʻm, 2-oʻrin uchun – 200 million soʻm, 3-oʻrin uchun – 150 million soʻm miqdorida;

 

respublika bosqichi gʻoliblari 1-oʻrin uchun – 500 million soʻm, 2-oʻrin uchun – 400 million soʻm, 3-oʻrin oʻrin uchun – 300 million soʻm miqdorida mukofotlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//