Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya markazi 5-mart, shanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi va chang-toʻzonlar koʻtarilishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamolning kuchayishi 25-30 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi va chang-toʻzonlar koʻtarilishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamolning kuchayishi 25-30 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi va chang-toʻzonlar koʻtarilishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamolning kuchayishi 25-30 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-toʻzonlar koʻtarilishi mumkin, Qashqadaryo viloyatida shamolning kuchayishi 25-30 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, chang toʻzonlar koʻtarilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q