Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya markazi dam 5—6-mart kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, dam olish kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, yakshanba kuni shimolda qorga aylanishi mumkin. Togʻoldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Havo harorati pasayadi va 5-martda kechasi 10-15 daraja iliqni, kunduzi 13-18 daraja iliqni, 6-marta kechasi 5-10 daraja iliqni, kunduzi 12-17 daraja iliqni tashkil etadi.
4-mart, juma kuni Oʻzbekistonga Eron hududlaridan iliq havoning jadal kirib kelishi, soʻngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi natijasida respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi va chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90458
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q