Siyosat
Shavkat Mirziyoyevning 3-mart kuni Pokiston poytaxti Islomobodga tashrifi chogʻidagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Imron Xon Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasida strategik sheriklikning kelgusi qadamlari toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani imzolagan. Shuningdek, hukumatlar va idoralar oʻrtasida imtiyozli savdo toʻgʻrisida, atrof-muhitni asrash, ziyorat turizmi, temir yoʻl sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlar, Surxondaryo viloyati bilan Xayber-Paxtunxva provinsiyasi, Toshkent shahri bilan Islomobod shahri oʻrtasida shartnomalar kabi 10 ga yaqin hujjat imzolangan.
Bundan tashqari, tashrif arafasida oʻtgan biznes forumda 800 million dollarlik qoʻshma savdo va investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q