Jamiyat
Oʻzbekistonlik mehnat migrantlari Yaponiya davlatida ishlashga borishda maxsus malakali ishchi rezidentlik maqomini olish uchun maxsus testdan oʻtishlari lozim boʻladi. Bu haqida Bandik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Yapon tili va maxsus malaka test markazi rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, yuborilayotgan mutaxassislar yapon tilini bilish darajasi boʻyicha imtihon sinovlaridan va egallagan mutaxassisliklari boʻyicha amaliyot imtihonidan oʻtib, 5 yildan 10 yilgacha boʻlgan muddatda kelishuv asosida oʻzlari tanlagan korxonada faoliyat olib borishlari mumkin.
Maxsus malakali ishchi rezidentlik maqomini olish uchun fuqarolar avvalo yapon tili va oʻzlari tanlagan kasblaridan maxsus testdan oʻtishlari kerak boʻladi. Mazkur testlar ilk bor joriy yilning 9-19-mart kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladi. Shuningdek, mazkur testlar yilda 6-marta muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Ushbu maxsus malaka testlariga tayyorlanish uchun Respublikaning barcha “Ishga marhamat” monomarkazlaridagi “Yapon tili va kasbiy malaka testga tayyorlov markazlari”da yaponiyalik mutaxassislar yordamida 4 oylik oʻqishlar tashkil etilgan. Mazkur markazlarda taʼlim olish uchun fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining “labormigration” dasturidan roʻyxatdan oʻtishi va shundan keyin vazirlikning hududiy Bandlikka koʻmaklashish markazlariga murojaat qilib, “Yapon tili va kasbiy malakaga oʻqish uchun” yoʻllanmani Yapon tili va kasbiy malaka markazi xodimlariga taqdim etishi kerak.
Taʼkidlanishicha, maxsus malakali ishchi rezidenti sifatida Yaponiyada ishlaydigan chet ellik ishchilarga qator imkoniyatlar beriladi:
Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning test xarajatlari qaytariladi;
Ish beruvchi bilan shartnoma qilingan taqdirda yoʻlkira xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab berilishi mumkin;
Yaponiyada mehnat faoliyati davomida oylik maoshlari yapon fuqarolariga belgilangan stavka asosida belgilanadi;
Tibbiy va ijtimoiy sugʻurta, nafaqa bilan taʼminlanadi;
MMS sertifikati 5 yildan 10 yilgacha Yaponiyada ishlash imkoniyatiga ega boʻladi;
Ish almashtirish imkoniyati;
5 yildan soʻng oilani olib ketish uchun imkoniyat beriladi;
Mehnat migrantlarining farzandlari yapon maktablarida bepul oʻqish imkoniyatiga egadir;
Oʻzbekistonga qaytib kelgan fuqarolar Yaponiya tajribasi asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun vazirlikning reintegratsiya dasturidan foydalanishlari va oʻz bizneslarini ochishda koʻmak olishlari mumkin;
Mehnat migrantlari mamlakatlariga qaytish oldidan oylik hisobidan yechib olingan nafaqa summasini qaytarish imkoniga egadir;
Yaponiyada maxsus malakali ishchining eng kam oylik maoshi 1800-2000$ni tashkil etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q