Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni davlat tashrifi bilan Pokistonga yetib bordi.
Islomobod shahridagi aeroportda davlatimiz rahbarini Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon kutib oldi.
Oliy darajadagi muzokaralar bugunning oʻzida boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizm sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashiladi.
Muzokaralar natijasi boʻyicha qoʻshma deklaratsiya va qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari tashrifning ikkinchi kuni Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy, yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan ham uchrashadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
110797
Jamiyat
94454
Jamiyat
90374
Jamiyat
74270
Jamiyat
//
Izoh yo‘q