Iqtisod
UzAuto Motors 3-martdan boshlab Chevrolet Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark avtomobillari uchun shartnomalar qayta tiklanishi haqida rasman maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, kompaniya ikki yilda avtomobillarining umumiy qiymati oʻzgarmagan, chet el valyutasida esa hatto arzonlashgan (14%), zavod oʻz faoliyatini toʻxtatmay, barcha ish oʻrinlarini saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan.
Kompaniya narxlarning oshirilishiga qator sabablarni keltirib oʻtgan. Xususan, UzAuto Motors 2019-yildan boshlab davlat imtiyozlaridan bosqichma-bosqich voz kechishni amalga oshirgan.
“Buning natijasida UzAuto va tarmoq korxonalari birgina oʻtgan yilning oʻzida byudjetga 5,36 trln soʻm toʻlagan boʻlsa, bu 2018-yilga nisbatan 3 barobar koʻp, soʻnggi uch yilda esa 13.11 trillion soʻmni tashkil etdi”, deyiladi xabarda.
Barcha faktorlar, jumladan, xom ashyo va material narxining oshishi, logistika xarajatlarining sezilarli darajada qimmatlashishi va boshqa omillar avtomobillar tannarxining modelga qarab 1,8-3,1 ming dollarga oshishiga olib kelgan.
“Bozor tahlili natijalariga koʻra, shuningdek, xomashyo tannarxining oshishi, kommunal xizmatlar uchun tariflar, milliy valyutaning qadrsizlanishi va boshqa omillarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qaroriga muvofiq, UzAuto Motors 2022-yil 3-martdan boshlab ishlab chiqarilgan avtomobillarning ayrim modellari uchun chakana narxlarni yangilashga majbur”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, taʼkidlanishicha, avtomobil sotib olishdagi yangi shartlar faqatgina yuqoridagi sanadan boshlab tuzilgan shartnomalar uchun amal qiladi.
UzAuto Motors kompaniyasi Gentra, Cobalt, Nexia, Sparkʻning 10—12 foizga oshgan narxlari:
• Gentra 3-pozitsiya — 153 506 000 soʻm;
• Gentra 1-pozitsiya — 128 284 000 soʻm;
• Cobalt AT/plus — 125 795 000 soʻm;
• Nexia-3 AT/plus — 119 921 000 soʻmdan;
• Spark 4-pozitsiya — 104 095 000 soʻm.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q