Siyosat
Bugun Kongress-xollda «BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi» mavzusida xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.
Anjumanda Xavfsizlik Kengashi kotibi V.Mahmudov Oʻzbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning tadbir ishtirokchilariga murojaatini oʻqib eshittirgan. Murojaatda quyidagi takliflar ilgari surilgan:
Markaziy Osiyoda kiberterrorizm boʻyicha yagona elektron tarmoq yaratish;
BMTning terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi shafeligida Mintaqaviy ekspertlar kengashini tuzish;
Yoshlarni radikal mafkuraga qarshi kurashish jarayoniga jalb etish maqsadida 2023-yilda Samarqandda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining doimiy Yoshlar Kengashini chaqirish.
Ushbu xalqaro anjuman davomida Toshkent deklaratsiyasi va QHRning yangi tahriri qabul qilindi.
Toshkent deklaratsiyasi va Qoʻshma harakatlar rejasi qoidalari ilgari qabul qilingan hujjatlar — Terrorizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Ashxobod deklaratsiyasi (2011, 2017-yillar), Terrorizmga yetaklovchi zoʻravon ekstremizm va radikallashuvga qarshi kurashishda yoshlarning rolini oshirish toʻgʻrisidagi Samarqand deklaratsiyasi (2018-yil), «Terrorizmga, uni moliyalashtirish manbalari, jumladan giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik» mavzusidagi oliy darajali xalqaro konferensiya yakunlari boʻyicha Dushanbe deklaratsiyasi (2019-yil)ning izchil va mantiqiy davomi hisoblanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q