Yangiyoʻlda bank hisobchisi 700 milliondan ortiq mablagʻni noqoniniy oʻzlashtirgani aniqlandi

Saqlash
16:10 / 03.03.2022 860 0

Yangiyoʻl shahrida 700 million soʻmdan ortiq mablagʻni talon-toroj qilgan bosh hisobchi aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, departamentning tergovga qadar tekshiruvida Yangiyoʻl filiali bosh hisobchisi J.M. kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish maqsadida, akasi J.ning nomiga “Z.B.» MCHJni tashkil qilgan. Soʻng 11 nafar fuqaroning nomiga kredit hujjatlarini rasmiylashtirib, ularga ajratilgan 754 mln soʻmni dastlab “Z.B.» MCHJ hisob-raqamiga va u orqali plastik kartaga oʻtkazib, talon-toroj qilgani aniqlangan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 179-moddasi (soxta tadbirkorlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//