“Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va targʻibotning zamonaviy texnologiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkaziladi

Saqlash
18:54 / 01.03.2022 1023 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti tomonidan “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va targʻibotning zamonaviy texnologiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkaziladi.

 

Konferensiya jarayonida muhokama qilinadigan mavzular yoʻnalishlari:

 

1. Oʻzbekistonda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi bosqichga koʻtarish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit holatini oʻrganish va uni takomillashtirish.

 

2. Yoshlarni Vatanga muhabbat va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalashda Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasining ahamiyati.

 

3. Globallashuv sharoitida mafkuraviy xavfsizlikni taʼminlash masalalari.

 

4. Ijtimoiy tarmoqlarning aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga taʼsiri.

 

5. Yoshlar maʼnaviyatiga qaratilgan tahdidlariga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirish texnologiyalari.

 

 

Konferensiya ishida professor-oʻqituvchilar va amaliyotchi mutaxassislar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, doktorantlar, tadqiqotchilar va talabalar qatnashishlari mumkin.

 

Konferensiyada ishtirok etish uchun tezis va maqolalar 2022-yilning 20-martga qadar qabul qilinadi.

 

Taqdim etilayotgan maqola va anjuman materiallarini rasmiylashtirish tartibi:

 

1. Konferensiya materiallari bir nusxada va elektron shakllarda ikkita fayl: koʻrinishida Word 2003, 2007 formatida Times New Roman, 14 shrift, satrlar oraligʻi 1,5 sm, sahifalar chapdan va yuqoridan 2,5 sm, pastdan va oʻngdan 2 sm qoldirilgan holda boʻlishi shart.

 

2. Birinchi qatorda, sahifaning oʻrtasida bosh va qalin harflar bilan maqolaning nomi, 2-qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, 3-qatorda muallifning ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, 4-qatorda matn yoziladi.

 

3. Asosiy matn satrlar oraligʻi 1,5 sm intervalda, satr boshi — 1sm, satrlarni eniga toʻgʻrilash, soʻzlarni boshqa qatorga koʻchirish avtomatik tarzda boʻlishi lozim.

 

4. Adabiyotlarning toʻliq roʻyxati asosiy matndan soʻng alifbo tartibida koʻrsatilishi lozim.

 

5. Manba va adabiyotga ishora (ssыlka)lar asosiy matn ichida [1] koʻrinishda boʻlishi lozim.

 

6. Taqdim etilayotgan maqolalar hajmi 3-5 betgacha boʻlishi mumkin.

 

7. Maqolalar oʻzbek tilida qabul qilinadi.

 

9. Soʻnggi yalpi majlisda xulosa va takliflar muhokama qilinib, yakuniy tavsiyalar qabul qilinadi.

 

10. Matn ilmiy-uslubiy tahrir qilingan hamda shoʻbalarga mansubligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.

 

11. Iqtidorli talaba va magistrlarning ilmiy maqolalariga professor-dotsentlar taqrizi talab etiladi.

 

12. Barcha talablarga javob bergan va tahrir hayʼati koʻrigidan oʻtgan maqolalar ilmiy toʻplamga kiritiladi.

 

Tashkiliy qoʻmita maqolalarni tanlab olish huquqiga ega.

 

Faqat tahrir hayʼati tomonidan nashrga tavsiya etilgan mualliflarning maqola va tezislari chop etiladi.

 

Anjumanda faol qatnashgan ishtirokchilar anjumanning soʻnggi yalpi majlisida “Eng yaxshi mazmunli maqola”, “Eng yaxshi tahliliy maqola” nominatsiyalari boʻyicha sertifikat bilan taqdirlanishi koʻzda tutilgan.

 

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 9-uy, telefon raqami +998 99 864 75 42 (telegram).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//