Sport
Bolgariyaning Sofiya shahrida “kichik jahon chempionati” sifatida eʼtirof etiladigan “Stanja” xalqaro turnirida Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida musobaqada ishtirok etgan charm qoʻlqop ustalarini kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
.jpg)
Unda Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Shahrillo Mahmudov, Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, muxlislar va OAV vakillari ishtirok etgan.

.jpg)
Terma jamoa hammasi boʻlib 6 ta oltin, 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan:
Oltin:
-51 kg: Hasanboy Doʻsmatov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov
Bronza:
-52 kg: Tursunoy Rahimova

Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91368
Jamiyat
76044
Jamiyat
//
Izoh yo‘q