Madaniyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 92-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tomonidan seminar-trening o‘tkazildi.
Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminar-treningda tumandagi yoshlar yetakchilari va hududlardagi Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linma rahbarlari ishtirok etdi. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva, Jarqo‘rg‘on tuman hokimining o‘rinbosari Anvar Rajabov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari nomzodi Muhayyo Hamrayeva tomonidan yoshlar yetakchilari uchun mahorat darslari olib borildi.
Seminar-treningda darslarida so‘zga chiqqanlar iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish zarurligi haqida fikr bildirdilar.
Mahorat darslarining amaliy ifodasi sifatida tumandagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida «Zakovat» musobaqasi, «Quvnoqlar va zukkolar», «Zukko kitobxon», «Yosh kitobxon» tanlovlari o‘tkazildi. Tanlov yakunida g‘oliblarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tomonidan kitoblar jamlanmasi topshirildi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q