Madaniyat
Bugun, 24-fevral kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Adabiy tanqid kengashining 2021-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, yosh ijodkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Bu haqida Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Yig‘ilishda adabiy tanqidga doir kitoblar to‘g‘risida filologiya fanlari doktori Suvon Melining, adabiy nashrlarda e’lon qilingan adabiy-tanqidiy maqolalar haqida filologiya fanlari doktori, professor Ilhom Gʻaniyevning, mumtoz adabiyotga doir kitoblar va maqolalar xususida filologiya fanlari doktori Zebo Qobilovaning, internet nashrlarida e’lon qilingan adabiy tanqidga doir maqolalar haqida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sa’dulla Quronovning ma’ruzalari tinglandi.
O‘tgan yil davomida o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotiga doir 30ga yaqin monografiya va risolalar, 500 ga yaqin adabiy-tanqidiy maqolalar nashr etilgan. “Sharq yulduzi”, “Jahon adabiyoti”, “Tafakkur”, “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Yoshlik” jurnallari, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Kitob dunyosi”, “Hurriyat” kabi gazetalarda nashr etilgan adabiyotshunoslik va adabiy-tanqidga doir maqolalar tahlil etildi. Xurshid Davron kutubxonasi, ziyouz.com, oyina.uz kabi internet saytlaridagi adabiy-tanqidga oid materiallar e’tirof etildi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q