Siyosat
Tashqi ishlar vazirligi Ukrainada yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan Oʻzbekiston fuqarolariga xabar yoʻlladi.
«Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan, Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun xavotirlanishga sabab va asoslar yoʻqligini maʼlum qilamiz.
Oʻzbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi hamda Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiya Federatsiyasining tegishli vazirlik va idoralari bilan yaqin va doimiy aloqada boʻlib turibdi.
Fuqarolarimiz uchun biror-bir xavf-xatar yuzaga kelganda, tezkor ravishda tegishli choralar koʻriladi.
Zarur hollarda fuqarolarimiz quyidagi aloqa raqamlariga murojaat qilishlari mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi: +7 499 230-00-76, +7 499 230-00-32;
Rostov-Dondagi Bosh konsulxona: +7 988 586-59-82, +7 918 554-04-76, +7 988 586-70-35, +7 988 586-59-82», deyiladi vazirlik murojaatida.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91368
Jamiyat
76046
Jamiyat
//
Izoh yo‘q