Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Beruniy tumani faolllari bilan uchrashuvda mahalla raislari ham Prezident kabi kuyib-pishishi kerakligini taʼkidlab oʻtdi. Bu haqida “Daryo” nashri xabar bermoqda.
“Mahalla raislari ham endi men kabi kuyib-pishishi kerak. Prezident xalqni oʻylab, qanchalik kuyib-pishsa ular ham shunday boʻlishlari lozim. Qaysi hududga qancha mablagʻ berilishi kerakligini tushuntiringlar. Men bu yerga kelishimdan avval Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesining raisi Murat Kamolov qilinishi zarur boʻlgan ishlar uchun pul kerak ekanini aytdi. Men pul beraman”, dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev Beruniy tumaniga qoʻshimcha tarzda 50 milliard soʻm ajratilishini maʼlum qildi.
Davlat rahbari Beruniy tumanining sektor rahbarlari, mahalla raislari, yoshlar yetakchilari uygʻonishi kerakligini aytdi.
“Beruniy tumanida ham ishsizlar, uyushmagan yoshlar bor. Ularning masalasini ham oʻylash kerak”, dedi Prezident.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q