Siyosat
24-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanidagi Qoraoʻzak shamol elektr stansiyasi (quvvati 100 MVt boʻlgan) qurilishini boshlash uchun tamal toshini qoʻydi, deb xabar bermoqda “Daryo” nashri.
Ushbu stansiya Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining texnik koʻmagida eʼlon qilingan xalqaro tenderda Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi 1 kilovatt soat elektr energiyasi uchun 2,5695 sent tarif taklifi bilan gʻolib deb topilgan. Shunga koʻra, ACWA Power kompaniyasi Qoraoʻzak tumanida 100 MVt quvvatli yangi shamol elektr stansiyasini quradi.
Mazkur elektr stansiya 2 yil ichida, yaʼni 2024-yilda ishga tushiriladi.
Elektr stansiya ishga tushgach yiliga 350 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 120 mingdan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.
Ahamiyatlisi, stansiya ishga tushirilishi natijasida yiliga 106 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 160 ming tonna zararli chiqindilarning chiqishini oldi olinadi. Ushbu hajmdagi tejalgan gaz bilan 35 mingta xonadonni 1 yil davomida tabiiy gaz bilan taʼminlash mumkin.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, qurilish davomida 400 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritadi va stansiya ishga tushgach, 30 ta yangi oʻrni yaratiladi.
Loyiha qiymati 108 million dollarni tashkil etib, davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida yuz foiz investor tomonidan moliyalashtiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q