Dishon qalʼaning bir qismi fuqaroning qaysarligi sabab qulab tushdi

Saqlash
16:37 / 24.02.2022 979 0

Xorazmda xususiy xonadon ichida «Deshon Qalʼa» meʼmoriy arxitektura yodgorligi hisoblanmish devorning bir qismi qulab tushgan. Bu haqida Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, fuqaro A.R. bir necha marta ogohlantirilishlarga qaramay, ushbu tarixiy obidani saqlab qolishga qaratilgan ishlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilgan. Fuqaro uy uning shaxsiy mulki ekanligini aytib, Agentlik mutasaddilariga qarshilik koʻrsatgan holda konservatsiya va restavratsiya qilishga yoʻl qoʻymagan.

 

Shunga qaramasdan Agentlik mutaxassislari joyiga chiqqan holda tarixiy obyektni uzoqdan kuzatib fuqaro bilan murosaga kelish choralarini koʻrgan. Lekin fuqaro barcha takliflarga rad javobini beradi.

 

“Uning vaziyatga boʻlgan bepisandligi xonadonida joylashgan madaniy meros obyektiga zarar yetkazilishiga va qisman buzilishiga sabab boʻldi”, deyiladi xabarda.

 

Ayni vaqtda tegishli organlarga fuqaroga nisbatan davlat muhofazasiga olingan obyektni asrashga toʻsqinlik qilgani uchun chora koʻrish toʻgʻrisidagi taqdimnomani kiritish jarayoni boshlangan.

 

 

Shuningdek, bu kabi holatlar Respublikaning boshqa hududlarida ham kuzatilmoqda. Shu bois Vazirlar Mahkamasiga Agentlik tomonidan mahalliy hokimiyatlarga madaniy meros obyektlari atrofida joylashgan shaxsiy mulklarni qonunchilikda belgilangan tartibda koʻchirish boʻyicha taklif kiritilishi maʼlum qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//