Ilm-fan
ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining uch dozasi (ikki boshlangʻich dozasi va bitta kuchaytiruvchi doza) bilan emlangan, shuningdek, COVID-19 dan tuzalgan odamlarda (tiklanish bosqichidagi guruh) aniqlangan antitanachalar qiyosiy tahlil qilindi. Vaksinani qabul qilganlarning qon namunalari ikkinchi va uchinchi dozalar orasidagi intervallarga koʻra alohida guruhlarga ajratilgan. Tahlillar natijalari “The New England Journal of Medicine” nashrida eʼlon qilindi.
Qisqa intervalli guruhdagi shaxslar birinchi dozadan 1 oy oʻtganidan soʻng vaksinaning ikkinchi dozasini va ikkinchi dozadan 1 oy oʻtgach, uchinchi dozani qabul qilishgan. Uzoq intervalli guruhdagi shaxslar vaksinaning birinchi dozadan keyin ikkinchi dozasini 1 oydan keyin olib, uchinchi doza bilan 4 oy oʻtgach emlanishgan. Natijada birinchi va uchinchi doza oraligʻi 5 oyni tashkil qilgan.
Uzoq intervalli guruhdagilarda Omikron shtammiga qarshi antitanacha titrlari qisqa intervalli guruhdagilar va koronavirusga chalinganlardagiga nisbatan yuqori boʻlgan.
SARS-CoV-2 prototip shtamlari va mutatsiyalariga, shu jumladan, omikron shtammiga qarshi antitanachalar mavjudligini tekshirish uchun zardob namunalari sinovdan oʻtkazildi. COVID-19 dan tuzalganlar guruhidan olingan 16 ta zardob namunalaridan 15 tasida Omikron shtammiga qarshi antitanachalar mavjud emasligi namoyon boʻldi. ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlanganlardan iborat guruhning qon zardobida esa Omikronga qarshi antitanalar nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Har qanday vaksinaning uch dozasini olgan 16 nafar kishidan 10 nafarida (62%), ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini qisqa intervalda olganlarning 16 nafaridan 9 nafarida (56%) hamda ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanganlarning uzoq intervalli guruhidagi 16 nafar kishidan 16 tasida (100%) Omikronga qarshi antinanachalar mavjud ekani tasdiqlandi.
Ikkinchi va uchinichi dozalar orasidagi interval 4 oy boʻlgan, ammo vaksinaning uchinchi dozasi olinganidan 4-6 oy oʻtganidan keyin qon tahlillari oʻtkazilganda 13 ta namunadan 9 tasida (69%) Omikronga qarshi antitanalar mavjud ekani aniqlandi. Avval ham xabar berganimizdek, ikkinchi doza va buster dozasi orasidagi intervalning katta boʻlishi koronavirusning barcha shtammlariga nisbatan kattaroq titrdagi antinalalarning hosil boʻlishiga olib keladi.
Mazkur natijalar kuchli mutatsiyaga uchragan koronavirus shtammlariga qarshi vaksinaning buster dozalari bilan himoyalanishning samaradorligini koʻrsatadi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q