Jamiyat
XIII-XV asrlarda yozilgan oʻnlab nodir qoʻlyozmalar OʻzMU kutubxonasidan yoʻqolgani haqidagi xabar yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilgan. Oʻrganishda Milliy universitet Axborot resurs markazi fondida saqlangan XIII - XIX asrlarga oid qiymati 2,6 mlrd soʻmlik tarixiy va badiiy ahamiyatga ega boʻlgan 56 dona qoʻlyozma va 6 dona toshbosma asarlar talon - toroj qilinganligi va boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Bosh prokuratura tomonidan joriy yilning 19-fevral kuni universitetning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, shuningdek, Axborot resurs markazi direktori va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlariga kirishildi. Tergov ustidan Bosh prokuratura nazorati oʻrnatilgan”, deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q