Sport
Qishki olimpiadada qatnashayotgan yagona sportchimiz Komiljon Toʻxtayev Pekin-2022dagi ishtirokini erta yakunladi. Bu haqida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, K.Toʻxtayev 1:02.14 natija bilan marra chizigʻini bosib oʻtib, 42-oʻrinni egallagan.
Biroq natija koʻrib chiqilib, hakamlar tomonidan hisobga olinmadi.
Maʼlumki, sportchilar trassa boʻylab harakat davomida har bir darvozani bosib oʻtishlari lozim. Hamyurtimiz marra chizigʻiga yaqin joylashgan darvozadan oʻtishda xatoga yoʻl qoʻygan va buning natijasida diskvalifikatsiya qilingan.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
109763
Jamiyat
94137
Jamiyat
89935
Jamiyat
73135
Jamiyat
//
Izoh yo‘q