“Ikkinchi Renessans davrining buyuk siymolari” tadbiri doirasida sara kitoblar sovg‘a qilindi

Saqlash
15:19 / 15.02.2022 1135 0

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ajdodlarimiz ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida chora-tadbirlar dasturi asosida joylarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, mahallalar kesimida “mahallabay” tizimida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Kecha, 14-fevral kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 144-maktabda “Ikkinchi Renessans davrining buyuk siymolari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, yuridik fanlari nomzodi, professor Feruza Muhitdinova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ma’sul xodimi Pardaxol Norqobilova, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Barno Qodirova, 144-maktab direktori  Zulfiya Shamsiyeva, “Muqimiy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Asatullo Nigmatov Ikkinchi uyg‘onish davrining buyuk siymolari bo‘lgan Hazrat Mir Alisher Navoiy hamda Zahriddin Muhammad Boburning jahon ilmu faniga qo‘shgan hissasi va buyuk xazina bo‘lgan asarlari haqida yig‘ilganlarga  muhim va qiziqarli ma’lumotlarni so‘zlab berishdi.

 

Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan Alisher Navoiy va Bobur g‘azallari, ruboiy va tuyuqlarining ifodali o‘qilishi, ajoyib sahna ko‘rinishlarini ijro etilishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ma’sul xodimlari “Muqimiy” mahallasidagi xonadonlarda ham bo‘lishib, ijtimoiy-ma’naviy ko‘makka muhtoj oila farzandlarini moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirishdi. Ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlar jamlanmasini taqdim etilishi xonadon ahillarida minnatdorchilik hissini yanada orttirdi.

 

“Muqimiy” mahallasi fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan kutubxonaga ham 12 nomdagi badiiy-ilmiy ommabop adabiyotlar sovg‘a qilindi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Mahalla-maktab-oila” konsepsiyasi asosida targ‘ibot tadbirlari va kitobxonlik aksiyalarini o‘tkazish barcha mahallalarda davom ettirilishi rejalashtirilgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//